Asosiy kontentga o'tish

Foydalanish shartlari

RoboStep — bolalar uchun robototexnika ta'lim platformasi. Platformadan foydalanish orqali siz quyidagi shartlarga rozilik bildirasiz.

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 14-noyabr

1. Kim foydalanishi mumkin

  • O'quvchi hisobini faqat ota-ona (yoki qonuniy vakil) yoki o'qituvchi yaratadi. Bola o'zi email bilan ro'yxatdan o'tmaydi.
  • Ota-ona va o'qituvchi hisobi uchun 18 yoshdan katta bo'lish talab etiladi.
  • Mehmon rejimida hisobsiz foydalanish mumkin — bunda ma'lumot faqat shu qurilmada saqlanadi.

2. Ota-ona roziligi

  • Farzand hisobini yaratganda ota-ona uning ma'lumotlari (taxallus, yosh bandi, o'quv natijalari) qayta ishlanishiga rozilik beradi.
  • Rozilikni istalgan payt qaytarib olish mumkin: hisob darhol bloklanadi. To'liq o'chirish ham ota-ona panelidan bajariladi.
  • O'qituvchi o'quvchi yaratganda maktab yoki tashkilot ota-onalardan tegishli rozilikni olganiga javob beradi.

3. Hisob xavfsizligi

  • Parol va bolaning kirish kodini boshqalarga bermang. Kod yo'qolsa — ota-ona yoki o'qituvchi yangisini yaratadi, eskisi darhol ishlamay qoladi.
  • Hisobdan shubhali foydalanishni sezsangiz, bizga xabar bering.

4. Ruxsat etilgan foydalanish

  • Platforma faqat ta'lim maqsadida ishlatiladi. Hamjamiyat qoidalariga rioya qilish shart.
  • Tizimni buzishga, boshqalar ma'lumotiga kirishga, avtomatlashtirilgan so'rovlar bilan yuklashga urinish taqiqlanadi.
  • Ligalar va arenada adolatsiz usullar (boshqa birovning hisobidan foydalanish va h.k.) taqiqlanadi.

5. Kontent va intellektual mulk

  • Darslar, topshiriqlar, dizayn, mascot «Bo'lt» va logotip RoboStep'ga tegishli.
  • O'quvchi yaratgan dasturlar o'quvchining o'ziga tegishli; biz ularni faqat platforma ishlashi (natijani tekshirish, progressni saqlash) uchun ishlatamiz.

6. AI mentor

  • AI mentor faqat ishora beradi va baho qo'ymaydi; yakuniy natija deterministik tekshiruv va o'qituvchi bahosiga asoslanadi.
  • AI'ga shaxsiy ma'lumot yuborilmaydi. Ota-ona AI mentorni farzandi uchun o'chirib qo'yishi mumkin.
  • AI javoblari xato bo'lishi mumkin — shubhali javob haqida xabar bering.

7. Javobgarlik

  • Platforma «boricha» taqdim etiladi. Uzluksiz ishlashga harakat qilamiz, lekin texnik uzilishlar bo'lishi mumkin.
  • Simulyator — ta'lim vositasi. Haqiqiy robot va elektr qurilmalar bilan ishlash faqat kattalar nazorati ostida bo'lishi kerak.

8. O'zgarishlar

  • Shartlar o'zgarsa, sanani yangilaymiz va muhim o'zgarishlar haqida ota-ona va o'qituvchilarga xabar beramiz.

Savollar uchun: [email protected]